Ayollar o‘rtasida bodibilding bo‘yicha Avstraliya chempioni Endi Peyj 32 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Nashr uni “fitnes ustozi” deb atadi.
Gold-Kost shahri politsiyasi o‘lim sabablarini aniqlashtirish borasida taftish ishlarini boshlab yubordi.
Peyjning murabbiyi oxirgi kunlarda ayol jarohatlarini tuzatish bilan band bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u Peyj taqiqlangan preparatlar iste’mol qilgani bo‘lishi mumkinligini inkor etdi.
Gold Coast Bulletin nashrining bildirishicha, qazosidan bir kun oldin sportchi ayol biqinidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Uning joni uyqu chog‘ida uzilgan.
Izoh (0)