Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida yo‘q qilingan jangarilarning shaxsi aniqlandi. Bu haqda milliy xavfsizlik qo‘mitasi viloyat departamenti vakili Vitaliy Bespalko ma’lum qildi.
“Ularning shaxsi tezda aniqlandi”, — uning so‘zlarini keltiradi “Interfaks”.
Shuningdek, Bespalko operatsiya davomida huquq-tartibot organlari, maxsus xizmat xodimlari hamda tinch aholi vakillari jabrlanmaganini ma’lum qildi.
Ayni paytda qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Aqto‘beda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida besh nafar terrorchi yo‘q qilingan edi.
Izoh (0)