Rossiya poytaxtidagi Vnukovo aeroportida mast yo‘lovchi oynani sindirib, uchish yo‘lagiga yugurib chiqdi. Politsiya uni qo‘lga oldi. Bu haqda, Rossiya IIV transport boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 1972-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi barcha zarur tekshiruv jarayonlaridan o‘tib, mastlik holatida aerovokzal kompleksining oynasini sindirib, uchish yo‘lagiga yugurib chiqqan.
Vnukovo aeroporti politsiya xodimlari tomonidan erkak shu zahoti qo‘lga olingan va politsiya bo‘limiga yetkazilgan. U avval ham bir necha marta sudlanganligi aniqlangan. Hozirgi paytda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal etilmoqda.
Izoh (0)