Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonda Aqto‘bedagi terakt qurbonlari xotirasiga e’lon qilingan milliy motam kuni bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Olmaota viloyati hokimiyati

Foto: Olmaota viloyati hokimiyati

Mamlakatda davlat bayroqlari tushirilgan, qo‘ngilochar tadbirlar bekor qilingan. Radio va telekanallarda ko‘ngilochar dasturlar va reklama to‘xtatilgan. 

Respublika IIV rasmiy vakili Almas Sadubayevga ko‘ra, “politsiya va maxsus xizmatlar Aqto‘bedagi hujumlarga aloqadorlikda gumon qilinib qidiruvga berilgan olti nafar shaxsni qidirishda davom etmoqda”. 

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Aqto‘bedagi qurol do‘konlari va Milliy gvardiya harbiy qismiga hujumlar oqibatida yetti kishi, jumladan, uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 38 kishi turli darajada jarohat olgan. Aksilterror operatsiyasini o‘tkazish davomida 13 nafar jinoyatchi o‘ldirilgan, to‘rt nafari yaralangan, olti kishi qidiruvga berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)