Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yana evarali bo‘ldi. Uning nabirasi — Oysulton Nazarboyev qiz ko‘rgani haqida Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozmoqda Tengri News.
Davlat rahbarining nabirasi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqqa rafiqasi Alimaning homiladorlikdagi suratini joylashtirdi.
O‘tgan yilning sentabrida Oysultonning akasi — Nurali Aliyev o‘g‘illi bo‘lgan edi. Nuralining oilasidagi to‘rtinchi farzandga Anvar deb ism qo‘yilgan edi.
Izoh (0)