Germaniyaning “Bayer” futbol klubining sobiq bosh murabbiyi Sasha Levandovski 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Murabbiy Boxumdagi xonadonida 8-iyun, chorshanba kuni o‘lik holda topildi. O‘lim sabablari aniqlanmoqda.
2015-yilning sentabrida Bundesliga-2 vakili “Union Berlin” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Levandovski joriy yilning mart oyida “ruhiy kuyinish sindromi” tashxisi bilan o‘z lavozimini tark etgandi.
2012-yilning aprel oyida Sasha Levandovski finlyandiyalik Sami Xyuyupiya bilan birgalikda “Bayer” futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. 2012/13-yilgi mavsum yakunida u leverkuzenliklarning yoshlar jamoasiga qaytdi. Avvalroq u yoshlar jamoasini 5 yil davomida boshqargan.
2014-yilning aprel oyida Xyuyupiya “Bayer” klubidan iste’foga chiqarilgach, Levandovski uch oy davomida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritdi.
Izoh (0)