Rossiya Havo hujumiga qarshi yagona hududiy tizimni mustahkamlash uchun Qozog‘istonga S-300PS zenit raketa tizimini yetkazib berdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ostonada Qozog‘iston mudofaa vaziri Imangali Tasmagambetov bilan uchrashuvi davomida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida qatnashish uchun Qozog‘istonga yetib keldi.
“Havo hujumiga qarshi mudofaa sohasida Rossiya—Qozog‘iston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdamiz. Havo hujumiga qarshi yagona hududiy tizimni mustahkamlash uchun S-300PS zenit raketa majmuasi va unga raketalarni tekinga yetkazib berdik”, — dedi Shoygu.
U Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Qozog‘iston tomoniga harbiy qurilish bo‘yicha barcha masalalarda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)