Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlament deputatlarini daxlsizlik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ushbu qonunning qabul qilinishini prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasi ilgari surgan edi. Qonunga qarshi chiqqanlarning fikricha, qonun tuzum dushmanlarini Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlash ayblovi bo‘yicha taqib etishga mo‘ljallangan.
May oyida ushbu qonunning qabul qilinishi uchun 550 nafar parlament a’zosidan 376 nafari ovoz bergan edi.
Izoh (0)