25 yoshli britaniyalik Lyuis Ellis do‘stlari Aleks Makkormik va Jeyms Uollmanlar bilan birga Kiprdagi ziyofatdan so‘ng adashib Suriyaga borib qolgani haqidagi uydirma hikoyaga jahon ommaviy axborot kanallarini ishontira oldi, deb xabar beradi TJournal.
Britaniyalik sayyohlarning hikoya qilishicha, ular Kiprda bir ziyofatdan chiqib, delfinlarni tomosha qilmoqchi bo‘lgan, ammo kemalarni adashtirib yuborgan. Yarim yo‘lga yetganida ular kema qirg‘oqdan ancha uzoqlashib ketganidan shubhalana boshlagan, lekin kemani orqaga qaytarish imkonini topa olmagan. Yigitlarni urush ketayotgan Xoms shahridan 95 kilometr naridagi Tartus portida tushirib ketishgan. Harbiy politsiya notanish insonlarni so‘roqqa tutgan. Makkormikning uqtirishicha, ular qanday qilib Suriyaga kelib qolganini eshitgan tarjimon kulgidan “yiqilib qolgan”. Politsiya kun davomida britaniyaliklarning Kiprga qaytishiga ko‘maklashgan.
Bu voqeani Daily Mail, The Mirror, Independent singari nashrlar hikoya qilib berishga ulgurgan edi. Ammo Ellis Facebook’da do‘stlariga voqeani o‘zi to‘qib chiqarganini aytib qo‘ydi.
Jurnalistlar, shuningdek, Ellisning YouTube’da prankerlik kanali borligini aniqladi.
Izoh (0)