Jiji laqabli yapaloqqush mashina ostida qolib ketib, boshidan jiddiy jarohat olganida, uni Wild at Heart Rescue jonivorlarni qutqarish xizmati asrab olib, davoladi, parvarishladi. Qush esa ularga o‘ziga xos tarzda minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda AdMe hikoya qilib berdi.
Xizmat xodimi, yovvoyi qushlar bo‘yicha mutaxassis Duglas Jijiga alohida e’tibor qaratib, uning tez orada oyoqqa turib ketishiga ko‘maklashdi. U bir necha kunlar mobaynida boyqushni parvarishladi, so‘ng o‘z ishlari bilan bir yerga ketdi. Duglas qaytib kelganida esa qush his-tuyg‘ularini insonlardan o‘tkazib namoyish etdi — u qutqaruvchisining atrofida raqs tushdi, so‘ng uni quchoqladi va hatto yelkasiga bosh qo‘ydi.
Xizmat xodimlari bunday mehribonlikni ko‘pdan beri ko‘rmaganliklarini tan oldi.
Izoh (0)