Pentagon Xitoyning J-10 qiruvchi samolyoti Sharqiy Xitoy dengizi bo‘ylab xalqaro havo hududida AQSh Harbiy-havo kuchlarining RC-135 razvedkachi samolyotini “xavfli” to‘xtatib qolganligini ta’kidlamoqda. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Amerikalik harbiylarning aniqlik kiritishicha, qiruvchi samolyotning juda yuqori tezligi tufayli xitoylik uchuvchilarning harakatlari xavfli bo‘lgan.
May oyida Xitoyning kamida ikkita J-11 qiruvchi samolyoti Janubiy Xitoy dengizi ustidagi xalqaro havo hududida Amerikaning EP-3 razvedkachi samolyotini to‘xtatib qolganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Pentagon hodisani xavfli deb baholagan edi. Chunki ma’lum bir paytda Xitoy qiruvchi samolyoti AQSh samolyotiga 15 metr (50 fut) masofagacha yaqin kelgan.
Izoh (0)