Tailandning 87 yoshli qiroli Pumipon Adulyadet yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shifokorlar stentlash va angioplastika — qon aylanishini me’yoriga keltirish maqsadida koronar tomirlarni kengaytirish operatsiyasini o‘tkazdi.
Qirol vakillarining ta’kidlashicha, tibbiy amaliyot natijalari qoniqarli bo‘lib, uning ahvolini shifokorlar jamoasi nazorat qilib bormoqda.
Pumipon Adulyadet 1946-yildan buyon Tailand taxtini egallab keladi. U nogironlik aravachasida o‘tiradi, oxirgi ikki yil davomida esa bir necha marotaba turli sabablarga ko‘ra shifoxonaga yotqizildi.
Izoh (0)