Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi smartfonlari qatori GR5 modeli bilan boyidi, deb xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.
Model metall korpus va chiroyli dizayn bilan ajralib turadi. Unda 8 yadroli protsessor, Qualcomm Snapdragon 616, 2 Gb operativ xotira va 16 Gb ichki xotira mavjud. Shuningdek, Huawei GR5 1920x1080 yechimli, 5,5 dyuymli displey, 3000 mA/soat hajmli batareya, 13 Mp asosiy va 5 Mp frontal kamera hamda barmoq izlari skaneriga ega.
Smartfon Android 5.1 Lollipop dasturiy ta’minotida ishlaydi; unga Emotion UI 3.1 interfeys ustqurmasi qo‘shimcha qilingan. Model o‘lchami va vazni — 151,3x76,3x 8,15 mm va 158 gramm. Telefon 4G LTE tarmoqlarida aloqani qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon narxi 1,5 million so‘mni tashkil etmoqda. Qiyos uchun, qatorning kenja modeli — GR3 narxi 1,2 million so‘m turadi.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.