Tokio va Seul Koreya yarim orolida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishib oldi. Ikki davlat mudofaa vazirlari Gen Nakatani va Xan Min Gu Singapurda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferensiya —“Shangri-La muloqot”da shu haqda kelishib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Vazirlar AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muloqotning muhimligini ta’kidladi, shuningdek, sanksiyalar masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Gen Nakatani va Xan Min Gu “Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar to‘liq bajarilishi mamlakat yadro qurolidan xoli bo‘lishida katta ahamiyatga ega ekanligi haqida yakdil to‘xtamga keldi”.