Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Forbes jurnaliga ko‘ra eng ko‘p haq to‘lanadigan ayol sportchilar reytingida birinchilikni boy berdi. Bu haqda “RBK” xabar qilmoqda.
Forbes’ning baholashicha, Sharapova yil davomida 21,9 million dollar ishlab topdi, shundan 20 million dollar reklama shartnomalaridan, 1,9 dollar esa turli musobaqalardan tushdi.
Sharapova ushbu reytingda 2004-yildan beri birinchilikni boy bermay kelayotgan edi. Endi uning o‘rnini amerikalik hamkasbi Serena Uilyams egalladi. 12 oy ichida tennischi topgan mablag‘ 28,9 million dollarni tashkil etdi, shundan 8,9 million dollar musobaqalardagi yutuqlardir.