Rossiyaning Rostov viloyatida An-2 samolyoti qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, viloyat ichki ishlar idorasi rasmiy vakili Natalya Ustimenkoning bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Voqea Salskiy tumanidagi Sadoviy qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Uchuvchi olingan jarohatlar tufayli olamdan o‘tdi.
“TASS”ning ichki ishlar idoralaridagi manbalariga asoslanib bildirishicha, qurbonlar soni ikki kishini tashkil etgan.
Bundan tashqari, viloyat ichki ishlar idorasi saytida e’lon qilingan xabarnomada “Bekas” rusumidagi samolyot qulagani aytilmoqda.
“U dalalarga dori sepish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi vazifalarini bajarayotgan edi”, — deyiladi matnda.