5-iyun, yakshanba kuni Suriyada kimga tegishli ekanligi aniqlashtirilmagan harbiy samolyot qulagani qayd etildi. Bu haqda Londonda joylashgan inson huquqlari monitoringi bo‘yicha Suriya markazi manbalariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar berdi “RBK”.
Halokat hozirda hukumat kuchlari va jangarilar o‘rtasida jang ketayotgan Aleppo shahri yaqinida yuz bergan. Huquq himoyachilariga ko‘ra, samolyot texnik nosozlik tufayli qulagani yoki jangarilar raketasi bilan urib tushirilgani hozircha aniq emas.
Rossiya mudofaa vazirligi samolyot halokati bo‘yicha izoh bermagan.