Peruda 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida mamlakatning sobiq bosh vaziri Pedro Kuchinski yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Saylovchilar ovozlarining 52 foizi hisob-kitobiga ko‘ra, Kuchinski uchun ularning 50,59 foizi ovoz bergan. Uning raqibi, hozirda qamoqda bo‘lgan Peruning sobiq prezidenti Alberto Fuximorining qizi, Keyko Fuximori esa 49,41 foiz ovoz to‘pladi.
77 yoshli Kuchinski iqtisodiy dasturni ilgari surmoqda. Saylovoldi kampaniyasida u moliyaviy sohadagi xalqaro tajribasini iqtisodiy o‘sishga ko‘mak berish uchun qo‘llashini ma’lum qilgan edi.
Keyko Fuximori aprel oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarning birinchi turida g‘olib bo‘lgan edi. U o‘zining asosiy yo‘nalishi sifatida jinoyatchilikka qarshi kurashni tanlagan. Uning otasi Alberto Fuximori insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun 2009-yilda 25 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan.