Iroq ko‘ngillilari katta qismi hozirda ham IShID nazoratida bo‘lgan Al-Falluja shahri shimolida yuzlab iroqlik harbiy jasadi bo‘lgan manzilga duch keldi. Bu haqda 5-iyun, yakshanba kuni “As-Sumariya” telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Telekanalga ko‘ra, “Iroq ko‘ngillilari otryadlari Al-Falluja shimolidagi As-Saklyaviya tumanida 400 nafarga yaqin iroqlik harbiy qoldiqlari bo‘lgan birodarlar mozoriga duch keldi”. Dastlabki taxminlarga asosan, ularning barchasi Iroq armiyasi 30-brigadasining 10-batalyonida xizmat qilgan. Ko‘plab jasadlarda boshga o‘q uzib o‘ldirilganligi izlari aniqlandi.
As-Saklyaviya IShID tomonidan Al-Falluja mudofaasidagi asosiy hudud sifatida ko‘rilayotgandi. Biroq Iroq armiyasi hujumidan so‘ng 5-iyun, yakshanba kuni jangarilar mazkur tumanni shoshilinch tark etdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.