5-iyun kuni Las-Vegasda “AQSh go‘zali” milliy tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda vashingtonlik harbiy xizmatchi 26 yoshli Deshona Barber g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda TJournal.
Iste’fodagi harbiyning qizi, bungacha “Kolumbiya okrugi go‘zali” nomiga ega bo‘lgan Deshona Virjiniya shtati Universitetini biznes-menejment mutaxassisligi bo‘yicha yakunlagan. Shundan keyin u otasining izidan borib, AQSh quruqlikdagi kuchlari safiga yozildi. Ford-Mid bazasida u logistika va ta’minot uchun javob beruvchi kvartirmeyster xizmatining kapitani unvonini qo‘lga kiritdi.
Yil oxirida bo‘lib o‘tuvchi “Dunyo go‘zali” tanlovida AQSh nomidan aynan Barber ishtirok etadi.