AQShning “Garri Trumen” aviatashuvchisida joylashgan samolyotlar IShID guruhi terrorchilarining marralariga zarba berdi. Bu haqda 3-iyun, juma kuni Amerika Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Bu O‘rtayer dengizida joylashgan samolyotlar Yaqin Sharqda bu kabi operatsiyani o‘tkazishi bo‘yicha 2003-yildan buyon birinchi holatdir.
Harbiy qo‘mondonlik aynan qaysi davlat — Iroq yoki Suriyaga zarba berilganligiga aniqlik kiritmadi.
Samolyotlar aviatashuvchi Suvaysh kanalidan O‘rtayer dengiziga o‘tgandan so‘ng topshiriqni bajarish uchun yo‘l olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)