O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov Namangan shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat Namangan International xalqaro tennis turnirining yarim finalida o‘z ishtirokini yakunladi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, turnirda 2-raqam ostida saralangan 21 yoshli O‘zbekiston vakili yarim finalda rossiyalik Markos Kalovelonisga qarshi kortga chiqib, 6:3, 5:7, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, yarim finalga qadar Ismoilov hamyurti Pavel Soyni 6:1, 6:4, qozog‘istonlik Denis Yevseyevni 1:6, 7:5, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)