Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti — OPEKning Venadagi sammitida tashkilotning yangi bosh kotibi etib Nigeriya vakili Muhammad Barkindo saylandi. Bu haqda, Bloomberg agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ushbu mansabga, Barkindodan tashqari, Indoneziya vakili Maxendra Siregar va Venesuela vakili Ali Rodriges da’vogarlik qilayotgan edi.
Ilgariroq Vena sammiti ishtirokchilari neft qazib olish miqdori yuzasidan kelishuvga erisha olmagani bois neft narxi tushib ketgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)