Tanzaniyaning Selous qo‘riqxonasida istiqomat qiluvchi fillar 2022-yilga qadar butunlay yo‘q qilib yuborilishi mumkin. Buni Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) ekspertlari e’tirof etmoqda, deb ma’lum qiladi “Interfaks”.
Ta’kidlanishicha, zaruriy choralar ko‘rilmasa, 2022-yilga qadar brakonyerlar qo‘riqxonadagi fillar populyatsiyasini butunlay yo‘q qilib yuborishi mumkin.
Afrikadagi eng yirik qo‘riqxonada 70-yillarda 110 ming fil istiqomat qilgan bo‘lsa, bugun ularning soni 15 mingga teng. Selousda brakonyerlik gullab-yashnamoqda, deb ogohlantirmoqda jamg‘arma mutaxassislari.
Hisob-kitoblarga qaraganda, brakonyerlar yiliga 30 mingdan oshiq filni o‘ldirmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga fil suyagi va dandon tishlarini kontrabanda qilishdir.
Izoh (0)