O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 31-may, dushanba kuni “Chig‘atoy” qabristoniga dafn etildi. Shoir Muhammad Ismoil Facebook’dagi sahifasida dafn marosimidan fotolavha e’lon qildi.

Foto: Facebook / Muhammad Ismoil

Foto: Facebook / Muhammad Ismoil

“O‘zbek adabiyotining buyuk tog‘i, buyuk shoir, buyuk ustoz Erkin Vohidov olamdan o‘tdi. Hozirgina o‘zbek millatining bir buyuk farzandini ‘Chig‘atoy’ qabristoniga qo‘yib keldik. Janoza marosimida shoirning minglab muxlislari, do‘stu-birodarlari, qavmu-qarindoshlari qatnashdi”, — deb yozadi Muhammad Ismoil.

Eslatib o‘tamiz, Erkin Vohidov 30-may, yakshanba kuni uzoq xastalikdan so‘ng vafot etgan edi.