Rossiyaning Kurgan viloyati, Lebyajevskiy tumani, Lopatki qishlog‘ida 30-may kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida to‘rt bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar bermoqda.
Yong‘in paytida 6 va 3 yoshdagi ikki o‘g‘il bola, 6 oylik va 1,5 yoshli ikki qiz onasi bilan uy ichida qolib ketgandi. Dastavval o‘t o‘chirish paytida ikki bolaning tanasi topilgani aytilgandi. Bugun, 31-may kuni vayronalar ostidan yana ikki bolaning jasadi topilgani ma’lum bo‘ldi.
Bolalarning onasi jonini saqlab qola oldi.
Izoh (0)