O‘zbekistonda 5-iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekologiya haftaligi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Tadbir Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Haftalikning ochilish marosimida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. Abdusamatov, BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili S. Prisner va boshqalar ishtirok etdi.
Haftalik doirasida Toshkent shahri va viloyatlarda tabiatni asrash, biologik xilma-xillikni muhofazalash bo‘yicha dasturlar natijalariga oid anjumanlar, ekofestival, tabiatning noyob hududlariga sayohatlar, innovatsion texnologiyalar namoyishiga oid loyihalar, ekologik ta’limni targ‘ib etish bo‘yicha tanlovlar, hududlarni obodonlashtirish aksiyalari, sport musobaqalari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tadbirda 2013–2017-yillarda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tashkilot va korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ekologik sof texnologiyalar va innovatsiyalar” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Izoh (0)