Twitter’ning yaponiyalik foydalanuvchilaridan biri Ichki Yapon dengizidagi Okunosima orolida istiqomat qiluvchi quyonlar aks etgan videolavhani internetga joylashtirdi. Och jonivorlar qo‘lida ovqat bilan turgan erkakni o‘rab oldi, deb ma’lum qiladi Meduza.
Okunosima ba’zida “Quyonlar oroli” deb ham ataladi: u yerda ko‘p miqdorda yovvoyi quyonlar istiqomat qiladi. Jonivorlar odamlardan mutlaqo qo‘rqmaydi va ularning qo‘lidan ovqat oladi.
https://twitter.com/lepus_31/status/736047072789417988
Ayrim turistlar quyonlarning ko‘nglini ovlash uchun o‘ziga xos ishlarga qo‘l uradi. Jumladan, shunday sayyohlardan biri orolga suzib kelib, quyon kostyumini kiygan, o‘z ustiga yemak to‘kib, quyonlar uni o‘rab olishini tasvirga tushirgan edi.
Ichki Yapon dengizidagi yana bir orol — Aoshima esa yovvoyi mushuklari bilan mashhurdir. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, orolda odamlardan ko‘ra mushuklar ko‘proq.
Izoh (0)