Turkiya sharqidagi Van viloyatida qo‘lbola bombaning portlashi oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi. Portlovchi uskuna Kurdiston ishchi partiyasi a’zolari tomonidan yo‘lga o‘rnatilgan edi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Voqea viloyatning Hojibakir tumanida sodir bo‘ldi. Zirhli politsiya mashinasi yo‘ldan o‘tayotgan paytda portlovchi uskuna harakatga keltirildi. Ikki politsiyachi voqea joyida halok bo‘ldi, yana biri jarohat oldi. Voqea hududida hujumga daxldor guruhni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda. Operatsiyada harbiy aviatsiya ham qo‘llanmoqda.
Izoh (0)