Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ikki mingta olmos va besh yuzta topaz bilan bezatilgan qimmatbaho soat Malayziya va Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Rossiya kunlaridagi asosiy eksponat bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda, Moiseikin kompaniyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “Libymax.ru”

Foto: “Libymax.ru”

“Rog izobiliya” deb nomlangan soat kompaniya san’atning uch shakli — zargarlik, toshtaroshlik va soatsozlikni birlashtirgan tajribasidir. U bir vaqtning o‘zida stol soati, quticha va suvenirdir.

Soatni yaratishda bir kilogrammdan ortiq oltin, ikki mingdan ortiq olmos, 500 topaz va 100 dan ortiq marvarid donasi ishlatilgan. “Bizning baholashimiz bo‘yicha, uning qiymati 1 million dollardan kam emas. Chunki bu ishni hech kim, hatto biz o‘zimiz ham takrorlay olmaymiz”, — deydi kompaniya vakili.

Yekaterinburglik ustalar suvenir soatni yaratish uchun bir yildan ortiq vaqt sarfladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi