Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan taqiq bor-yo‘qligi yuzasidan axborot taqdim etish bo‘yicha xizmat ko‘rsata boshladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslar elektron murojaat yo‘llab, uch ish kuni mobaynida taqiq yuzasidan bepul axborot olishi mumkin bo‘ladi. Xizmatdan foydalanish uchun ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamini bilish talab etiladi.
Izoh (0)