Kuzbassda (Rossiya) maktab o‘quvchilari ikki hafta davomida sinfdoshlarining o‘limini yashirib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Novokuznetsklik 14 yoshli o‘smir bilan bog‘liq fojia 11-may kuni sodir bo‘ldi. Darslardan so‘ng bola ikki nafar do‘sti bilan tashlandiq shaxtaga bordi. U yerda oyog‘i tiyg‘anib, suv bostirilgan konga tushib ketdi. Bolalar bundan cho‘chib ketib, kattalarga hech qanday xabar bermadi, sinfdoshlarining sumkasini esa yashirib qo‘ydi.
Hozirda tafsilotlar o‘rganilib, yuz bergan voqeaga oydinlik kiritilmoqda.