Janubiy Kaliforniyada (AQSh) kichik samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Mahalliy yong‘inga qarshi kurash xizmati vakilining ma’lum qilishicha, hodisa haqida 28-may, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 15:17 da xabar berilgan. Halokat joyiga yetib kelgan qutqaruv bo‘linmalari samolyot alanga ichida qolganiga guvoh bo‘lgan.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Havo kemasi turi va uning bortida kimlar bo‘lgani hozircha noma’lum.