Sakkiz avtomobilsoz kompaniya AQShda realizatsiya qilingan jami 12 million mashinani Yaponiyaning Takata firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan xavfsizlik yostiqlaridagi muammo tufayli ta’mir uchun qaytarib oladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Jumladan, Honda Motor 4,5 million, Fiat Chrysler esa 4,3 million avtomobilni ta’mir uchun qabul qiladi.
Yaqinda Takata o‘zi ishlab chiqargan 40 million xavfsizlik yostig‘ini nuqsonli deb topgan edi. 12 million avtomobilda bu unsurning ta’mirlanishi kampaniyaning birinchi bosqichi bo‘lib, umumiy hisobda 17 kompaniya o‘z mashinalarini chaqirib oladi.