Rossiyaning Vladivostok shahrida 14 yoshli o‘smir 10-qavatdan tushib ketdi. Shunga qaramay, u omon qoldi, deb xabar bermoqda Primorye o‘lkasi tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.
Voqea 25-may kuni shaharning Jigura ko‘chasidagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘ldi. O‘quvchi do‘stlariga balkon suyanchig‘ida bajariladigan parkur harakatlarini ko‘rsataman deb pastga quladi. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi.
“VL.ru” portalining ma’lum qilishicha, o‘smir parkur harakatlarni bajarishdan oldin alkogolli energetik ichgani aniqlandi.
Voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, ularning natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi.