Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Qalmuxanbet Qosimov jurnalistlar huquqlariga qat’iy rioya etish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu haqda, IIV davlat tili va axborot departamenti direktori Almas Sadubayevga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
U 21-may kuni politsiyaga noqonuniy aksiyalarning ishtirokchilari yetkazilganini ma’lum qildi.
“Ular bilan birgalikda OAV vakillari ham qo‘lga olindi. Bir muddatdan so‘ng ular qo‘yib yuborildi. Qozog‘iston IIV tomonidan qonunbuzarlikning oldini olishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, professional vazifasini bajarayotgan jurnalistlarning huquqlariga qat’iyan rioya etish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlanib, ichki ishlar departamentiga yo‘llandi”, — dedi u 27-may kuni “Kazinform” bilan suhbatda.
Shu bilan birga, Sadubayev jurnalist ommaviy tadbirga kim sifatida borishini oldindan aniqlab olishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi, negaki jurnalistning va tadbir ishtirokchisining huquqlari o‘zaro farqlanadi. Jumladan, jurnalist barcha tadbirlar, shu jumladan, ruxsat etilmagan namoyishlarni yoritishi mumkin, ammo bunday aksiyalarda ishtirok etish jazoga tortiladi.
Izoh (0)