Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaliklarning 45 foizi AQSh Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashlab to‘g‘ri qildi, deb hisoblaydi. Bu haqda, YouGov kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Nuclear Gallery

Foto: Nuclear Gallery

Respondentlarning 25 foizi bu qarorni xato deb topdi, 30 foiz odam aniq to‘xtamga kela olmadi.

Bundan tashqari, amerikaliklarning 70 foizi AQSh o‘z xatti-harakatlari uchun Yaponiyadan uzr so‘rashi kerak emas, degan fikrda sobit, faqatgina 22 foiz odam yaponiyaliklardan kechirim so‘rash kerakligiga amin. Respondentlarning 8 foizi bu borada aniq javob aytmadi.

Bir muddat ilgari The Wall Street Journal so‘rovnoma natijalari asosida amerikaliklarning 59 foizi yangi atom hujumlarini ma’qullashini bildirgan edi.

27-may, juma kuni Obama Xirosimaga safar uyushtirdi. U mazkur shaharga tashrif buyurgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Shuningdek, u atom bombasidan jabrlanganlar — xibakusyalar bilan uchrashdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?