Amerikaning Janubiy Karolina shtatida yashovchi Antli Steyten tomonidan berilgan jumboqni Facebook foydalanuvchilari qiyinchilik bilan yechdi. Topishmoqli postni u o‘zining profiliga joylashtirgan.
Erkak profiliga ikki kartochkani ushlab turgan suratini joylagan. Ulardan biriga “Xato topganingda, postni boshqalar bilan bo‘lish” deb yozgan. Ikkinchisida esa to‘qqizta raqam joylashtirilgan jadval surati aks etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu masala yechimini sonlar yozilgan jadvaldan emas, qog‘ozga yozilgan matndan izlash kerak bo‘lgan. Erkak ataylab “xato” so‘zini noto‘g‘ri — mistake o‘rniga mitsake deb yozgan.
18-may kuni joylangan postni bir hafta davomida 400 mingga yaqin kishi bo‘lishgan. Bundan tashqari, u 60 mingga yaqin layk to‘plagan. Foydalanuvchilarning aksariyati jumboqni yechish uchun ko‘p vaqt sarflaganligini tan olgan. Ko‘pchilik xatoni jadvaldan qidirgan, biroq suratda nima noto‘g‘ri ekanligini uzoq vaqt tushunishga harakat qilgandan keyin erkakning kiyimi va surat fonini ko‘zdan kechira boshlaganliklarini ma’lum qilgan.