Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bir sutka davomida “Tolibon” radikal harakatining 79 a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Operatsiyalarni armiya, politsiya va razvedka xodimlari hamkorlikda olib borgani ta’kidlanmoqda. Reydlar asnosida 36 jangari yaralandi, olti nafari qo‘lga olindi.
Shuningdek, toliblar Afg‘onistonning 19 viloyatida o‘rnatgan minalar zararsizlantirildi, jangarilarga tegishli qurol-yarog‘lar musodara qilindi.
Hisobot davrida mamlakat bo‘ylab xavfsizlik kuchlarining to‘qqiz xodimi halok bo‘ldi.
Izoh (0)