Ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sabina Sharipova Andijon shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollardan iborat xalqaro tennis turnirining yakkalik bahslari yarim finaliga yo‘l oldi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, mazkur turnirning ikkinchi raketkasi sifatida tasniflangan o‘zbekistonlik 21 yoshli tennischi ukrainalik Veronika Kapshayga qarshi kortga chiqdi va 6:0, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
“Olamsport”ning xabar berishicha, rossiyalik Viktoriya Kan bilan tandem hosil qilgan Sharipova juftliklar bahsi chorak finalida qozog‘istonlik Kamila Kerimbayeva va belaruslik Ilona Kremen juftligini 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Sharipova/Kan tandemi final chiptasi uchun turnirning ikkinchi raqamli juftligi – rossiyalik Margarita Lazareva hamda ukrainalik Valeriya Straxovaga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)