O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Fransiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” tennis turnirining yakkalik bahslarini tark etgani haqida xabar qilingandi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, belaruslik Aleksandr Buriy bilan tandem hosil qilgan Denis Istomin juftliklar bahsi ilk davrasida hindistonlik Leander Payes va polshalik Marchin Matkovski duetiga qarshi kortga chiqib, 6:7, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, 29 yoshli o‘zbekistonlik tennischi “Rolan Garros” turniridagi ishtirokini butunlay yakunladi.
Izoh (0)