Afg‘oniston shimolida mamlakat xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlar davomida kamida 45 nafar jangari o‘ldirildi. Bu haqda 26-may, payshanba kuni Tolo News telekanali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
To‘qnashuvlar Balx viloyatida yuz bergani ma’lum qilinmoqda. Mahalliy politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, janglar besh soatdan ortiq davom etgan.
To‘qnashuv davomida o‘nlab jangarilar yaralangan. Shuningdek, bir nafar politsiyachining halok bo‘lganligi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)