O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova Andijon shahrida davom etayotgan, sovrin jamg‘armasi 25 ming dollarga teng Andijan International tennis turnirining chorak finaliga chiqdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davrada hindistonlik Natasha Palhaga qarshi bahs yuritdi. Bir soatu 5 daqiqa davom etgan mazkur bellashuvda turnirning ikkinchi raketkasi sifatida tasniflangan Sharipova 6:1, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi. 1/4 finalda O‘zbekiston vakilasi ukrainalik Veronika Kapshayga qarshi kortga chiqadi.
Qayd etish joiz, ikkinchi davrada ishtirok etgan o‘zbekistonlik tennischilar Kamola Umarova, Arina Fols va Go‘zal Yusupova o‘z raqibalariga imkoniyatni boy berib, yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Andijan International (ITF). 2-davra uchrashuvlari
Natasha Palha (Hindiston) – Sabina Sharipova (O‘zbekiston) – 1:6, 2:6Barbora Stefkova (Chexiya) – Go‘zal Yusupova (O‘zbekiston) – 6:1, 6:3
Kamola Umarova (O‘zbekiston) – Natela Jalamidze (Rossiya) – 2:6, 3:6
Arina Fols (O‘zbekiston) – Viktoriya Kan (Rossiya) – 3:6, 0:6
Eslatib o‘tamiz, ilk davrada Sabina Sharipova hamyurti Sarvinoz Saidxo‘jayevani 3:6, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)