O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish ustuvor vazifa” mavzuida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbirda Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati instituti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, bojxona xizmati mas’ul xodimlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish dunyo miqyosida global muammolardan biriga aylanganiga e’tibor qaratildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, mansabdor shaxslar, xizmatchilar, hokimiyat vakillari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik, bojxona organlarida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarni bartaraf etish masalalariga oid ma’ruzalar tinglandi.
Izoh (0)