Rossiyaning Oltoy Respublikasida fototuzoqlar obyektiviga tushib qolgan birinchi tog‘ barslaridan biri — urg‘ochi ilvirs Vita bolalari bilan brakonyerlar sirtmog‘iga tushib qolib halok bo‘ldi. Bu haqda, Oltoy qo‘riqxonasi xodimi Sergey Ssipinga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz mushukchalar kabargaga o‘rnatilgan sirtmoqqa tushib qolganini aniqladik. Urg‘ochi ularni chiqarib olishga urindi, ammo stressda bo‘lgani bois mushukchalarni yeb qo‘ydi. Shundan so‘ng uning o‘zi ham sirtmoqqa tushib halok bo‘ldi”, — dedi Ssipin matbuot anjumanida.
Ilvirs oilasi ilk bor suratga olinganida bolalar olti oylik bo‘lib, shundan buyon ulardan darak yo‘q edi.
Ssipin sirtmoq o‘rnatgan brakonyerlar hanuzgacha topilmaganini qayd qilib o‘tdi.
Izoh (0)