Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 24-may, seshanba kuni Turkiyaning yangi 65-hukumatini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Mazkur hukumat prezidentga Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakchisi Binoli Yildirim tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, Yildirim uning tarkibini Anqaradagi matbuot anjumanida e’lon qildi.
Avvalroq bundan oldingi hukumatda transport vaziri lavozimini egallab kelgan Yildirim mamlakatni boshqarayotgan partiyaning yangi raisi etib saylandi. Shundan so‘ng, Erdo‘g‘on bosh vazir Ahmet Davuto‘g‘lining iste’fosini qabul qildi va Yildirimga yangi vazirlar mahkamasini shakllantirishni yukladi.
Hukumatda Tugrul Tyurkesh, Mehmet Shimshek, Numan Kurtulmush vazir o‘rinbosari lavozimlarini saqlab qoldi. Veysi Kaynak va Nuriddin Janikli yangi vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavusho‘g‘li, ichki ishlar vaziri Efkan Ala, energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.
Moliya vaziri Naji Agbal, mudofaa vaziri Fikri Ishik, iqtisodiyot vaziri Nixayt Zeybekchi, madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji, YeI ishlari bo‘yicha vazir Umar Chelik hukumatning yangi a’zolaridir.
Shu haftada hukumatning dasturi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)