Rim papasi Fransisk Qohirada joylashgan dunyodagi eng yirik islom universiteti Al-Azxarning imomi shayx Ahmad at-Tayib bilan zo‘ravonlikni rad etish va terrorizmga qarshi turish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Uchrashuvda so‘z buyuk dinlar yetakchi va tarafdorlarining Yerdagi tinchlikni saqlab turish bo‘yicha birgalikdagi harakatlari haqida borganligi ma’lum qilindi.
Jumladan, Yaqin Sharqdagi keskinlik va mojaroli vaziyatda xristianlarni himoya qilish masalasi ko‘rib chiqilganligi ta’kidlanmoqda. Uchrashuv bayonnomasida umumiy vazifa zo‘ravonlik va terrorizmni rad etishdan iborat ekanligi qayd etilgan.
Izoh (0)