24-may, seshanba kuni Italiyaning bir qancha viloyatlarida yirik politsiya operatsiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda mafiya bilan aloqadorlikda aybdor deb hisoblanayotgan 57 kishi hibsga olindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Politsiya reydlari Neapol, Kazerta, Rim, Paviya va Vareseda bo‘lib o‘tdi.
Qo‘lga olinganlar giyohvand moddalar savdosi, tamagirlik, qurol saqlash va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.