Italiya politsiyasi futbol bo‘yicha mamlakat chempionatining ikkinchi divizionida kelishilgan o‘yinlarni tashkil etishda gumon qilib, o‘n kishini hibsga oldi. Bu haqda, Italiyaning La Repubblica gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Vanella Grassi mafiya tashkilotining a’zolari 2013/14-yilgi mavsumdagi uchrashuvlarning ba’zi natijalariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Hibsga olinganlar orasida “Jenoa” futbolchisi va Italiya yoshlar termasining sobiq o‘yinchisi Armando Itsso, Franchesko Millezi (“Isolaverde”) va sobiq futbolchi Luka Pini ham bor. Bundan tashqari, barcha o‘yinchilar mafiya bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Tergov tomonidan 2014-yilning 17-martidagi “Modena” va “Avellino” (1:0) hamda o‘sha yilning 25-mayidagi “Avellino” va “Rejina” (3:0) o‘rtasidagi o‘yinlar kelishilgan deb topilgan.
Izoh (0)