Afg‘oniston qurolli kuchlari bir sutka davomida 53 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, armiya, politsiya va razvedkaning qo‘shma operatsiyalari mamlakatning 18 viloyatida o‘tkazilgan. Umumiy hisobda 81 jangari jarohat olgan, uch nafari ushlangan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, ko‘plab qurol birliklari musodara qilinib, bir qancha fugas va minalar zararsizlantirilgan.
Harbiylardan to‘qqiz nafari halok bo‘lgan.
Izoh (0)